Polshada o‘zbekistonlik erkak ukrainalik o‘smirlarni pichoqladi
3-sahifa
−
23 iyul
7303Polshada o‘zbekistonlik erkak 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani aytilmoqda. Bu haqda “Wyborcza” nashri хабар berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 22 iyul kuni poytaxt Varshavadagi “Brodno” bog‘ida sodir bo‘lgan. 26 yoshli erkak 15 yoshli ikki nafar o‘smirni pichoqlagan. Oqibatda jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda 26 yoshli xorijlik erkak hibsda saqlanmoqda.
“Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Ukrainalik o‘smirlar qo‘l va qorin qismidan jarohat olgan. Ularga hujum qilgan erkak qochish vaqtida buyumlarini yo‘qotib qo‘ygan, bu esa politsiyaga uni tezda topish imkonini bergan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada deputatning boshini yorgan o‘zbekistonlik bir yarim oyga qamalgandi.
LiveBarchasi