Polsha Jahon chempionatiga chiqish uchun Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortdi
Sport
−
26 fevral 2022
9111Polsha futbol ittifoqi (PZPN) prezidenti Chezare Kulesha mamlakat terma jamoasi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun Rossiya terma jamoasi bilan pley-offda o‘ynash niyatida emasligini ma’lum qildi.
“Polsha terma jamoasi pley-offda Rossiya termasi bilan o‘ynash niyatida emas. Bu yagona to‘g‘ri yechim. Biz Shvetsiya va Chexiya federatsiyalari bilan FIFA’ga umumiy pozitsiyani taqdim etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz”, deb yozdi Kulesha Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq Polsha, Shvetsiya va Chexiya futbol uyushmalari 2022 yilgi Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichi uchun Rossiyaga bormasliklarini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 uchun yarim final pley-off o‘yinida Shvetsiya Chexiya bilan o‘ynaydi, Rossiya esa Polsha bilan uchrashishi kerak.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr