Polsha Prezidentida koronavirus aniqlandi
Olam
−
24 Oktabr 2020 3293 1 daqiqa
Polsha Prezidenti Anjey Dudaga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Blajey Spixalskiy Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Prezident o‘zini yaxshi his etmoqda. Dudaning so‘nggi xorijiy tashrifi 11-13 oktyabr kunlari Ukrainaga bo‘lishi kutilayotgan edi. U Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi lozim edi.
Ma’lumot o‘rnida, bungacha Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy karantinga olingan edi. Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau hozirda karantinda qolmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri bosh vazir o‘rinbosari Yasek Sasin to‘rt marta karantinga olingan edi.
Polshada so‘nggi paytlarda koronavirus infeksiyasi va o‘lim sonining ko‘payishi kuzatilmoqda. Kecha, 24 oktyabr kuni yana bir kunlik antirekord qayd etildi – 13 632 ta holat. 23 oktyabr kuni esa o‘lim holati bo‘yicha antirekord kuzatildi – 168 kishi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025