Polsha Prezidenti COP29’da Lukashenko bilan suratga tushishdan bosh tortdi
Olam
−
14 noyabr
4591Polsha Prezidenti Anjey Duda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko sabab Bakuda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha sammiti – COP29 ishtirokchilari bilan suratga tushishidan bosh tortdi. Bu haqda “Polsat News” xabar berdi.
“Prezident Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko ishtirok etgani uchun bu lahzani boykot qildi. O‘tgan yili ham shunday bo‘lgan edi. Bu Belarusning Ukraina mojarosidagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan ramziy ajratishdir”, deyiladi xabarda.
“Interia” telekanali manbasiga ko‘ra, Anjey Duda Lukashenko bilan birga bir suratda bo‘lishni istamagani uchun ataylab suratga tushish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qilgan. Ushb voqea joriy yil 12 noyabr kuni yuz bergan.
Ma’lumot uchun, bir yil avval Yevropaning uchta davlati Prezidentlari ham BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP28 konferensiyasida Aleksandr Lukashenko bilan qo‘shma suratga tushishdan bosh tortgan edi. Xususan, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda, Polsha Prezidenti Anjey Duda va uning latviyalik mavqedoshi Edgar Rinkevich shunday qarorga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko ushbu sammit doirasida iqlim bo‘yicha dunyodagi vaziyat faqat yomonlashayotganini ta’kidlagan edi.
LiveBarchasi