Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Zelenskiy Tramp bilan aloqani tiklash yo‘lini topishi kerak – Ryutte

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda Donald Tramp bilan janjalli muzokaralardan so‘ng AQSH bilan muloqotdan bosh tortmasligi kerak. NATO Bosh kotibi Mark Ryutte va Polsha Prezidenti Anjey Duda bugun, 1 mart kuni shunday fikr bildirdi.

“Men Prezident Vladimir Zelenskiyga shunday dedim: “Siz, qadrli Vladimir, Donald Tramp va Amerika ma’muriyati bilan munosabatlarni tiklash yo‘lini topishingiz kerak”, dedi Ryutte BBC media korporatsiyasiga bergan izohida.

NATO bosh kotibi Vashingtondagi AQSH-Ukraina muzokaralarini “muvaffaqiyatsiz” deb atadi.

Bugun, 1 mart kuni NATO Bosh kotibi Londonda Ukraina bo‘yicha sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Zelenskiy allaqachon u yerga etib borgan. Sammitda 10 ga yaqin Yevropa yetakchilari, jumladan Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ishtirok etishi kutilmoqda.

Polsha Prezidenti Anjey Duda ham xuddi shunday chaqiriq bilan chiqdi.

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy? north_east

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy?

“Men dunyoda Qo‘shma Shtatlardan boshqa Rossiya agressiyasini to‘xtatishga qodir bo‘lgan boshqa kuchni ko‘rmayapman. Ularning qobiliyatlari beqiyos. Umid qilamanki, oxir-oqibat ularning siyosati bularning barchasiga chek qo‘yadi. 

O‘tgan hafta Vashingtonga uchishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdim. Men unga Prezident Tramp bilan xotirjam muzokara olib borishi va kelishuv, umumiy yechim izlashi kerak, deb o‘ylayman, dedim. Biz muzokaralar stoliga qaytishimiz kerak. Prezident Zelenskiy u bilan o‘tirib, Ukrainani xavfsiz qiladigan yechimni muhokama qilishi kerak”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Oq uydagi tortishuv va Yevropaning munosabati

Kecha, 28 fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Zelenskiy va Tramp o‘rtasida janjal chiqqan. Tramp Zelenskiyni noshukurlikda, tinchlikka tayyor emaslikda aybladi va Kiyev kelishuvga erishmasa, Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chiqish bilan tahdid qildi. Zelenskiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzolamay turib, muzokaralarni erta tark etdi.

Oq uydagi janjal ortidan yevropalik siyosatchilar ommaviy ravishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlab chiqishdi. Ular orasida fon der Lyayen, Shols, Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Anjey Duda Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing