Polsha NATOni mamlakatda yadro quroliga ega bo‘lish zarurligiga ishontirmoqchi
Olam
−
01 iyul 2023
4376Polsha hukumati vaqt o‘tishi bilan NATO bo‘yicha hamkorlarini alyansning yadroviy almashish (Nuclear Sharing) dasturi doirasida mamlakatda yadro qurolini joylashtirish zarurligiga ishontirish niyatida. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Polsha hukumati rahbari Mateush Morevetskiy ma’lum qildi.
Amerika tomoni Polsha bilan yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha muzokaralarni hali tasdiqlamaganini izohlar ekan, Bosh vazir “Suv toshni yemiradi”, deb aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish rejasini e’lon qilganida, Polsha ham eng yuqori darajadagi xavfsizlikka ega bo‘lishni xohlagan.
“Biz xavfsizlikni mustahkamlash uchun hamma narsani qilyapmiz. Yadro almashish – yadroviy quroldan birgalikda foydalanish dasturi – xavfsizligimizni jiddiy ravishda mustahkamlaydi. Biz ittifoqchilarimiz bilan gaplashamiz”, degan Morevetskiy.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Bosh vaziri Mateush Morevetskiy Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitida AQSHning yadro qurolini o‘z hududiga joylashtirishni so‘ragandi. Buning ortidan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSHni Polshani Vashington tajovuzkorligi uchun qo‘rg‘on yaratish maqsadida tez sur’atlar bilan qurollantirayotganlikda aybladi.
LiveBarchasi