Pol Pogba o‘z akasini tovlamachilikda ayblamoqda

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi Pol Pogbaning akasi Matias Pogba yarim himoyachidan 13 million yevro undurishga harakat qilgan tovlamachilar guruhining a’zozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “France TV Info” telekanali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shu yilning mart oyida Pogbaga Parijdagi kvartiralardan birida bolalikdagi ikkita do‘sti va yana ikki nafar pulemyot bilan qurollangan niqobli kishilar tomonidan tahdidga uchragan. Bandaning iddao qilishicha, Pogba professional faoliyat yuritishni boshlagach, ularga futbolchi tomonidan moliyaviy yordam berilmagan. Shuningdek, jinoiy guruh Polni 13 yil davomida yashirincha qo‘riqlab kelayotganini qo‘shimcha qilgan.

Pol joriy yilning iyul oyida Turindagi “Yuventus” bazasida ham jinoiy guruhni bir necha bor uchratgan. O‘shanda futbolchi ushbu banda orasida akasi Matias Pogba borligini payqagan.

Shundan so‘ng, 29 yoshli futbolchi politsiyaga murojaat qilishga qaror qilgan va bu haqda “Yuventus” advokatlariga aytgan. 

Hozirda Prokuratura tovlamchilik ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Pogbaning prokuraturaga ma’lum qilishicha, u bolalikdagi do‘stlariga doimiy ravishda yordam ko‘rsatib kelgan. Biroq yarim himoyachi yaqin do‘stlaridan biri uning bank kartasidan 200 ming yevroni o‘marganini bilgach, uni Manchesterdagi uyidan haydab solgan.

Bundan tashqari, Matias Pogba o‘zining Twitter'dagi akkauntida Kilian Mbappe va Pol Pogba o‘rtasidagi haqiqatni oshkor qilishi haqida videomurojaat qoldirgan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi 2016 yilda “Yuventus”dan 95 million yevro evaziga “Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi. Manchesterdagi  6 yillik faoliyatidan so‘ng shu yilning yozida Turin klubiga erkin agent maqomida qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol' Pogba “Yuventus”

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing