Pol Pogba 4 yilga futboldan chetlatildi

Sport

image

“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba doping qabul qilgani uchun 4 yilga futboldan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “Tuttosport” xabar berdi.

2023 yil oktyabr oyida fransuz futbolchisi birdaniga ikkita doping sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi. Turinlikliklar yarim himoyachisining topshirgan tekshiruv natijalari testosteron darajasi juda yuqori ekanligi aniqlandi.

“Yuventus” Pogba rasman diskvalifikatsiya qilingani uchun tez orada u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pogba “Yuventus”da 2022 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi “keksa senora” safida barcha musobaqalarda bor yo‘g‘i 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Pogba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing