Pokistonni dovdiratgan kun. Airbus A320 halokati haqida hozirgacha nimalar ma’lum?

Olam

image

Bugun, 22 may kuni “Pokiston havo yo‘llari”ga tegishli Airbus A320 samolyoti halokatga uchradi. Hozirgacha ushbu fojia haqidagi ma’lumotlarni quyidagilar tashkil etmoqda.

Samolyot PK 8303 reysi bo‘yicha Lahor - Karachi yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan.

Geo TV xabariga ko‘ra, layner qulashidan bir daqiqa oldin boshqaruv xodimlari bilan aloqani yo‘qotgan.

Uchuvchilar va nazoratchilar o‘rtasidagi suhbatlarning audio yozuvida ekipaj komandirining texnik muammolar haqida xabar bergani ma’lum bo‘ldi. Uchuvchi ikkinchi bosqichga o‘tishga qaror qilgan. Shundan so‘ng, boshqaruvchiga dvigatelning ishdan chiqishi to‘g‘risida xabar bergan va aloqa uzilgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot bundan 15 yil muqaddam ishlab chiqilgan. Havo laynerining “qora qutisi” topilgan.

Pokiston xalqaro aviakompaniyasining halokatiga samolyotning qushlar bilan to‘qnashishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Nation” gazetasi yozmoqda.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qo‘nish mexanizmini siqib chiqargan. Gazeta tafsilotlarni to‘liq ochiqlamagan.

Ma’lumot uchun, samolyotda 91 yo‘lovchi va ekipajning yetti a’zosi bo‘lgan. Ayni paytda samolyot halokatida 50 kishidan oshgani aniqlandi.

Hodisa oqibatida bir nechta turar-joy binosi vayron bo‘lgan, 20 ga yaqin mahalliy aholi vayronalar orasidan qutqarilgan. Halokat joyida qutqaruvchilar va harbiylar ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing