Pokistonda juma namozi vaqtida masjid portlatildi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Peshovar shahridagi shia masjidida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, 65 ga yaqin kishi shifoxonaga yotqizildi.

“Anadolu” agentligining Peshovar politsiya boshqarmasi vakillariga tayanib yozishicha, portlash “Kucha Risaldar” masjidida juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan.

Hujum sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinalari yuborilgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin degan xavotirlar ham bor.

Hozircha hech qaysi tashkilot hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Pokiston

Baholaganlar

1066

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing