Pokistonda yashin urishi va yomg‘ir oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Pokistonda 12-15 aprel kunlari yomg‘ir oqibatida kamida 41 kishi, jumladan, 28 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AFP rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Pokistonning eng yirik va aholi gavjum viloyati bo‘lgan Panjobda eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan bo‘lib, juma va yakshanba kunlari orasida 21 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Balujiston viloyatida kamida sakkiz kishi (ulardan yetti nafarini chaqmoq urgan) halok bo‘lgan. Yomg‘irdan viloyatning 25 tumani zarar ko‘rib, ayrim hududlarni suv bosgan.

Janubiy Sind provinsiyasida suv bosgan yo‘llar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarida to‘rt kishi vafot etgan.

Shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatida kuchli yog‘ingarchilikdan uylar qulashi oqibatida yana sakkiz kishi, jumladan, to‘rt bola halok bo‘lgan.

Pokistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi yaqin kunlarda ko‘proq yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli ko‘chki va suv toshqinlari haqida ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston yashin urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing