Pokistonda vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
01 Sentabr 2025 4400 1 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni Pokistonning Gilgit-Baltiston hududida harbiy vertolyot halokatga uchradi va oqibatda 5 kishi vafot etdi. Bu haqda “Dawn” xabar berdi.
Gilgit-Baltiston ma’muriyati rasmiysi Fayzulla Farakning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ertalab soat 10:00 atrofida Chilas shahri hududida sodir bo‘lgan.
Mahalliy politsiya vakili Abdul Hamidning ma’lum qilishicha, mintaqa hokimiyatiga qarashli vertolyot yangi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishga urinayotgan vaqtida qulab tushgan.
Hamidning qayd etishicha, voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruvchilar yetib borgan.
Halokat sabablariga aniqlik kiritilmagan, biroq ayrim rasmiylar hodisa “texnik nosozlik” tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
OAVning bildirishicha, bortda komandir Major Atif, qo‘mondon Major Faisal, parvoz muhandisi Naib Subedar Maqbul, ekipaj rahbari Havaldar Jahongir hamda Naik Amir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyul kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida bortida uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan EC-145 harbiy vertolyoti radarlardan yo‘qolib qolgandi. 26 iyul kuni vertolyotning ayrim qismlari topilgan, biroq ekipaj a’zolarini qidirish davom etyotgandi.
Qidiruv ishlariga 330 nafardan ortiq harbiy va mutaxassis, 59 ta avtomobil texnikasi, 23 ta suvda harakatlanuvchi vosita, 12 ta uchuvchisiz uchish apparati, maxsus uskunalar va xizmat itlari jalb qilingandi.
Live
Barchasi