Pokistonda sodir bo‘lgan zilzila 20 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi 

Olam

image

Pokistonning Balujiston viloyatida bugun, 7 oktyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Dawn” nashri xabar bergan.  

“France Press” agentligi esa tabiiy ofatdan 15 kishi jabrlangani haqida xabar bergan. Mahalliy gazetaning yozishicha, 300 dan ortiq odam tan jarohati olgan. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati Pokistonda Toshkent vaqti bilan soat 03:01 da 5,7 magnitudali zilzilani qayd etgan. Zilzila epitsentri Xarnay shahridan 14 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 20,8 kilometr chuqurlikda joylashgan. 

Eslatib o‘tamiz, Gaitida joriy yilning 14 avgust kuni yuz bergan 7,2 balli zilzila oqibatida qariyb 2000 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston zilzila

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing