Pokistonda ro‘y bergan aviahalokat qurbonlari soni 100 nafarga yaqinlashdi
Olam
−
23 may 2020
4523“Pokiston xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining Airbus A320 samolyotining Karachi shahriga (Sind viloyati) qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 97 nafarga yetdi. Bu haqda Sind viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.
Halok bo‘lganlarning barchasi samolyot yo‘lovchilari bo‘lganmi yoki marhumlar orasida samolyot qulagan uylar aholisi ham bormi, bu masalaga oydinlik kiritilmagan. Halokat joyida 11 kishi jarohat olgan va ularning ahvoli barqarorligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning kamida ikki nafar yo‘lovchisi halokatdan omon qolgan, ularning ahvoli ham barqaror, deb baholanmoqda.
Pokiston xalqaro aviakompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyotda 99 kishi bo‘lgan: 91 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi. Bunga qadar, bortda 51 erkak, 31 ayol va to‘qqiz nafar voyaga etmagan bola hamda ekipajning 7 a’zosi bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Samolyot halokatga uchragan samolyot Karachiga Lahor shahridan kelayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga texnik nosozlik yoki qushlar bilan to‘qnashuv sabab bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi