Pokistonda Prezident va vazirlar maoshidan voz kechdi

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va federal hukumat vazirlari Vazirlar Mahkamasining hukumat xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan tejamkorlik choralari doirasida maosh va nafaqalardan ixtiyoriy ravishda voz kechdi. Bu haqda “Pakistan Today” gazetasi xabar berdi.

Shuningdek, Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy ham maoshi va nafaqalarini olishdan bosh tortgan.

Davlat xarajatlarini tejash choralarini joriy etish fevral oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng tuzilgan Sharif boshchiligidagi Pokistonning yangi federal hukumatining dastlabki qadamlaridan biri bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini tejash maqsadida vazirlar va hukumat amaldorlarining xorijga safarlarini chekladi, shuningdek, ularning xorijda bo‘lishining yangi qoidalarini joriy qildi. Ularga ko‘ra, federal va shtat vazirlari, ularning maslahatchilari va yordamchilari yiliga uch martadan ko‘p bo‘lmagan va faqat milliy byudjetni tejashni ta’minlash bo‘yicha hukumat qo‘mitasi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ruxsati bilan chet elga chiqishi mumkin. Chet elga sayohat qilishda ularga besh yulduzli mehmonxonalarda qolish taqiqlanadi. Pokistonning xorijdagi elchixonalariga diplomatlarni xalqaro forumlar va tadbirlarga imkon qadar kengroq jalb qilish tavsiya etiladi, bu esa vazirlar va departament xodimlarining ularda qatnashish uchun sayohatlarini qisqartirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning aprelidan 2023 yilning avgustigacha Pokiston hukumatini boshqargan Shahboz Sharif o‘tgan oy boshida yana Bosh vazir etib saylangandi. Keyinchalik Pokiston Xalq partiyasi hamraisi Osif Ali Zardoriy Pokistonning yangi Prezidenti etib saylandi va ikkinchi marta davlat rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Shahboz Sharif Osif Ali Zardoriy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing