Pokistonda politsiya mashinasi portlatib yuborildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 6 avgust kuni Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy hududida politsiya mashinasi portlatib yuborildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hodisa Xayber-Paxtunxva provinsiyasining Janubiy Vaziriston tumanidagi Vana shahrida yuz bergan. Mahalliy politsiya boshlig‘i Adam Xonning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida kamida ikki nafar huquqni muhofaza qilish xodimini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan, yana 14 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlarning aksariyati tasodifiy yo‘lovchilar.

Huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida jangarilar zo‘ravonligining kuchaygani qayd etilgan. Oqibatda xavfsizlik kuchlarining o‘nlab vakillari halok bo‘lgan.

Ushbu hodisa uchun hozircha hech bir guruh javobgarlikni zimmasiga olmagan. Biroq hukumat vakillariga ko‘ra, asosiy gumon “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakatidan bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Balujiston viloyatida fojiali hodisa yuz bergandi. Noma’lum qurollangan shaxslar yo‘lovchi avtobusga hujum qilib, dastlab 9 kishini garovga olib ketdi, keyin esa ularni vahshiylarcha o‘ldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Xayber-Paxtunxva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing