Pokistonda politsiya qaroqchilar hujumiga uchradi
Olam
−
23 avgust
2428Sharqiy Pokistonning Panjob viloyati Kacha shahrida granatalar bilan qurollangan shaxslar politsiya karvoniga pistirma uyushtirdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Hududda faoliyat yurituvchi qaroqchilarni qidirib, patrullik qilayotgan zobitlar pistirmaga uchragan. Politsiyaning aytishicha, qurollanganlar qurolli guruh a’zolari emas, balki qaroqchilar bo‘lgan.
Panjobdagi bosh inspektor idorasiga ko‘ra, qaroqchilar politsiya karvonidagi mashinalardan biri xo‘jalik dalasida to‘plangan yomg‘ir suvidan o‘tayotganda buzilib qolganidan so‘ng raketa otish moslamalari bilan hujum qilgan. Oqibatda 11 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 7 nafari jarohat olgan.
Bosh vazir Shahboz Sharif bayonot berib, aybdorlarga qarshi “zudlik bilan va samarali choralar ko‘rish”ga chaqirdi. Sodir etilgan hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmayapti.
Ma’lumot uchun, Kacha shahri yuzlab politsiyadan qochgan, og‘ir qurollangan qaroqchilar va ularning Hind daryosi bo‘yidagi boshpanalari bilan mashhur.
Xavfsizlik kuchlari janubdagi Panjob va Sind provinsiyasida qaroqchilarga qarshi tez-tez amaliyotlar olib boradi. Ular qishloqda, o‘rmonli joylarda yashirinib, to‘lov evaziga pul topish uchun ba’zan odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadi. Ular, shuningdek, so‘nggi oylardagi hujumlarda bir necha politsiyachini o‘ldirgan.
Pokistonda so‘nggi yillarda qurolli guruhlar hujumlari ko‘paydi, biroq bir hujumda politsiya qurbonlari soni bu qadar ko‘p bo‘lishi kamdan kam uchraydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Pokistonda maktab furgoni o‘qqa tutilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr