Pokistonda partiya qurultoyidagi terakt oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 30 iyul kuni Pokistonda “Jamiat Ulamoi Islom” (“Islom ulamolari assambleyasi”) partiyasining qurultoyida portlash sodir bo‘ldi va oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi. 

Politsiyaning bildirishicha, kamida 44 kishi terakt qurboni bo‘lgan, yana 100 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 17 nafar qurbonning ahvoli og‘ir.

Hujum Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Xar shahrida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, xudkush terrorchi islomiy partiya qurultoyiga portlovchi moddalar olib kelgan va uni partiya a’zolari so‘zlaydigan sahna yonida portlatgan. Guvohlar portlash vaqtida kongressda 500 ga yaqin odam bo‘lganini aytgan.

Hozircha hech bir tashkilot hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Pokiston Bosh vazirlik idorasi portlash yuzasidan tergov boshlanganini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, Pokiston siyosiy partiyalari joriy yil oxirida bo‘ladigan saylov kampaniyasiga hozirlik ko‘rishni boshlagan. 
Ma’lumot uchun, 2023 yilning dastlabki 6 oyida Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan – olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir etilgan, buning oqibatida 389 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt portlash Pokiston partiya qurultoyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing