Pokistonda Xitoy avtomobillari portlatib yuborildi

Olam

image

Pokistonning Karachi shahridagi aeroport yaqinida Xitoy tomonidan moliyalashtirilgan “Port Qasim Electric Power” energetika kompaniyasining avtomobillar karvoni portlatildi. Bu haqda Xitoyning Pokistondagi elchixonasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, kecha, 6 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 23:00 da Xitoy tomonidan moliyalashtirilgan “Port Qasim Electric Power” energetika kompaniyasining avtomobillar karvoni portlatilgan. Avtomobillardagi xitoylik muhandislar va investorlarning 2 nafari halok bo‘lgan. Portlash aeroportdan chiqqan yo‘lda sodir bo‘lgan. Diplomatik missiya bu hodisani terrorchilik hujumi sifatida baholab, bunday harakatlarni qoralagan. Pokiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, jami 10 kishi, jumladan Pokiston fuqarolari ham jarohatlangan.

“Xitoy elchixonasi va bosh konsulxonasi darhol Pokiston tomoniga hujumni tergov qilish, aybdorlarni qattiq jazolash va Pokistondagi Xitoy fuqarolari, muassasalari va loyihalarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni so‘radi", deyiladi Xitoy elchixonasi bayonotida.

Qayd etilishicha, ushbu voqea uchun javobgarlikni Pokistondan ajralib chiqishni maqsad qilgan “Balujiston ozodlik armiyasi” isyonchi guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, balujiylar – Pokiston, Eron va Afg‘oniston chegaralarida yashovchi xalq bo‘lib, Pokistonning Balujiston provinsiyasida yashovchi aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhining radikallari tomonidan uyushtirilgan ikkita hujumda kamida 31 kishi o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Pokiston Balujiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing