Pokistonda qurollangan shaxslar hujumida kamida 31 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Pokiston janubi-g‘arbida qurollangan shaxslar ikkita hujumda kamida 31 kishini o‘ldirdi. Xavfsizlik kuchlari ham isyonchilarning 12 nafarini yo‘q qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Politsiya xodimi Ayub Achakzayga ko‘ra, Balujistonning Musaxayl tumanida 23 kishi avtobus, transport va yuk mashinalaridan o‘g‘irlab ketilganidan keyin otib o‘ldirilgan. Hujumchilar qochib ketishdan oldin kamida 10 ta mashinani yoqib yuborgan. Shu provinsiyaning Qalat tumanida ham qurollangan shaxslar kamida to‘qqiz kishini, jumladan, to‘rt nafar politsiyachi va besh nafar fuqaroni o‘ldirgan.

Isyonchilar Bolan shahrida temir yo‘lni portlatib yuborib, Mastungdagi politsiya bo‘limiga hujum qilgan va Gvadarda, Balujistonning barcha tumanlarida mashinalarni yoqib yuborgan.

Qayd etilishicha, hujum “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhining radikallari tomonidan uyushtirilgan.

Ma’lumot uchun, Balujiston Pokistonda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qo‘zg‘olonlar markazi bo‘lib kelgan, bir qator separatistik guruhlar asosan xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirgan. Qo‘zg‘olonchilar Islomobodda markaziy hukumatdan mustaqillik talab qilib keladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Pokistonda politsiya qaroqchilar hujumiga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing