Pokistonda avtomobil portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
24 fevral 2020
299724 fevral kuni Pokistonning Kvetta provinsiyasida avtomobilga yuklangan suyultirilgan gaz ballonlari portladi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohatlandi. Bu haqida “Samaa” telekanali xabar bermoqda.
Portlash vaqtida bir kishi voqea joyida, qolgan besh kishi esa og‘ir jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi.
Jarohat olgan yana to‘rt kishi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Portlash sabablariga hozircha oydinlik kiritilmagan.
LiveBarchasi