Pokistonda avtobusga qurolli hujum bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Pokistonning Balujiston viloyatida qurollangan shaxslar avtobusga hujum qilib, 7 nafar panjoblik yo‘lovchini o‘ldirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 18 fevral kuni kechqurun Afg‘oniston va Eron bilan chegaradosh Balujistonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Barxon tumanida sodir bo‘lgan.

Hujumchilar avtobusning g‘ildiraklarini o‘qqa tutib, uni yo‘lda to‘xtatgan. So‘ngra ular avtobus ichidagi odamlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshira boshlagan.

“Avtobusda bo‘lgan Panjob viloyatiga mansub yo‘lovchilar terrorchilar tomonidan tushirilgan va saf torttirilib otib tashlangan,” deydi hukumat rasmiysi Saodat Husayn.

Hozircha bu hujum uchun hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Balujiston viloyati esa o‘nlab yillardan beri ajralib chiqish tarafdorlari tomonidan zo‘ravonliklarga duch kelmoqda. Mintaqadagi eng faol guruhlardan biri “Balujiston ozodlik armiyasi” (BLA) bo‘lib, odatda xavfsizlik kuchlarini va Pokistonning boshqa hududlaridan kelgan odamlarni nishonga oladi.

Nashrga ko‘ra, so‘nggi yillarda panjoblik mehnatkashlarga qaratilgan hujumlar ko‘paygan. O‘tgan yili ushbu hujumlarda kamida 39 kishi halok bo‘lgandi. BLA, shuningdek, Balujistondagi xitoylik loyihachilarga ham hujum qilgan. Ularning ta’kidlashicha, tashqi kuchlar tabiiy boyliklarga boy Balujistonni ekspluatatsiya qilmoqda, mahalliy aholi esa qashshoqligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning dekabr oyida Pokistonning shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatida hukumatga qarshi jangari guruhlar tomonidan harbiylar qo‘riqlayotgan nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston qurolli hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing