Pokistonda Airbus A320 samolyotining qulashi vaqtida olingan videosi e’lon qilindi

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 22 may kuni Pokistonda Airbus A320 samolyoti halokatga uchradi. Twitterʼda ushbu halokat paytida tasvirga olingan video joylashtirildi.

Tasvirda samolyot qanday qilib keskin qulashi va ob’ektivdan bir necha soniya davomida yo‘q bo‘lib, keyin kuchli portlash paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Airbus A320 bortida 99 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Layner Karachi shahrining turarjoy binosiga qulagan, beshga yaqin bino vayron bo‘lgan.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, halokat oldidan uchuvchi dispetcherga dvigatelning ishdan chiqishi haqida xabar bergan. Hozirda laynerning “qora quti“si topilgan. U mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Samolyoti halokati

Baholaganlar

582

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing