Pokistonda harbiy karvonga uyushtirilgan terakt oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Olam

image

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida harbiy karvonga uyushtirilgan terakt oqibatida mamlakat armiyasining to‘qqiz nafar askari halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi. Bu haqda Pokiston Qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mototsiklda o‘tirgan xudkush-terrorchi kolonna yonida o‘zini portlatib yuborgan. Hudud hozirda xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan. Aniqlangan barcha terrorchilarni yo‘q qilish uchun tozalash operatsiyasi davom etmoqda.

Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul Haq Kakar halok bo‘lganlar va jarohatlangan askarlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

“Dawn” nashriga ko‘ra, Pokistonda so‘nggi oylarda, xususan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston provinsiyalarida 2022 yilning noyabrida hukumat bilan sulh bitimi bekor qilinganidan so‘ng terrorchilik faoliyati kuchaygan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Pokiston harbiy karvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing