Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana to‘qnashuv bo‘ldi (video)
Olam
−
15 Oktabr 2025 7216 1 daqiqa
Pokiston armiyasi chegaradagi blokpostlarga uyushtirilgan hujumga javoban Afg‘oniston hududida joylashgan “terrorchi guruhlar”ga zarba berdi. Bu haqda PTC telekanali xabar berdi.
Kecha, 14 oktyabr kuni kechqurun “Tolibon” harakati va ilgari “Tehrik-ye-Tolibon Pokiston” (Pokiston toliblari harakati) nomi bilan tanilgan “Fitna al-Xavorij” guruhi jangchilari Pokistonning chegara postlariga hech qanday sababsiz o‘t ochgan. Javob zarbasi tariqasida Pokiston armiyasi bir blokpost va tank pozitsiyasini yo‘q qilgan, shuningdek, “Fitna al-Xavorij”ning yuqori lavozimli qo‘mondonlaridan biri ham yo‘q qilingan.
11 oktyabr kuni Afg‘onistonning Hilmand viloyatida ham otishma yuz bergan, shundan so‘ng Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Pokistonning Lahor shahriga zarba bergan. “Tolibon” rasmiylari bu operatsiya tafsilotlarini oshkor etmagan. Afg‘onistonning “TOLO News” telekanali esa to‘qnashuvlar chog‘ida kamida 58 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘lganini bildirgan. Pokiston tomoni esa kamida 200 nafar jangarini yo‘q qilinganini, Afg‘oniston hududidagi 19 ta terroristik ob’ekt va Afg‘oniston tank bataloni shtabiga zarba berilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston va Pokiston to‘qnashuvida 50 dan ortiq askar halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025