Pokiston muvaqqat Bosh vaziri qasamyod qildi (video)

Olam

image

Bugun, 14 avgust kuni Pokistondagi “Balujiston Avami” partiyasidan chiqqan senator Anvar ul-Haq Kakar qasamyod qilib, Pokiston muvaqqat Bosh vaziri lavozimini egalladi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi.
               
Qayd etilishcha, Islomoboddagi prezident saroyida maxsus marosim bo‘lib o‘tgan. Yangi hukumat rahbarining qasamyodini davlat rahbari Orif Alvi qabul qilgan. Tadbirda Respublikaning fuqarolik va harbiy rahbariyati vakillari, jumladan, bosh vazir lavozimini tark etgan Shahboz Sharif, Pokiston armiyasi shtab boshlig‘i Asim Munir, Senat raisi Sodiq Sanjroniy va boshqa taniqli siyosiy arboblar ham ishtirok etgan. 

Anvar ul-Haq Kakar Pokiston bosh vaziri vazifasini uch oy davomida bajaradi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, umumiy saylovlar quyi palata tarqatib yuborilganidan keyin 60 kun ichida, muddatidan oldin tarqatib yuborilgan taqdirda esa 90 kun ichida o‘tkaziladi. Shu bilan birga, saylovlarni joriy aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga muvofiq o‘tkazish zarurligini inobatga olgan holda, respublikada saylov jarayoni 2024 yilning fevraliga ko‘chirilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Prezident Orif Alvi konstitutsiyaning 58-1-moddasiga muvofiq, Bosh vazir maslahati bilan Milliy assambleyani tarqatib yuborgandi. Bu bilan Shahboz Sharif hukumati vakolatlari ham tugatilgandi.  Shahboz Sharif va Milliy Assambleyadagi (parlamentning quyi palatasi) muxolifat yetakchisi Raja Riaz o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning ikkinchi bosqichidan so‘ng Anvar ul-Haq Kakar nomzodi muvaqqat Bosh vazir lavozimiga ma’qullangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston qasamyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing