Pokiston Xitoyning ko‘rinmas qiruvchi samolyotlarini sotib olmoqchi
Olam
−
18 yanvar
8681Pokiston milliy havo kuchlarining jangovar imkoniyatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun Xitoydan FC-31 (Shenyang J-31) ko‘rinmas qiruvchi samolyotlari partiyasini sotib olmoqchi. Bu haqda Pokiston havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi.
“Beshinchi avlod FC-31 ko‘rinmas qiruvchi samolyotlarini xarid qilish Pokiston harbiy-havo kuchlarini strategik o‘zgartirishda muhim bosqich bo‘ladi. Uning poydevori allaqachon qo‘yilgan”, deyiladi press-relizda.
Pokiston Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Marshal Zahir Ahmad Babar Sidhu FC-31 qiruvchi samolyotlari yaqin vaqt ichida foydalanishga kirishishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy Davlat Aviatsiya Sanoati Korporatsiyasi (AVIC) tomonidan ishlab chiqilgan FC-31 bir o‘rindiqli, ikki dvigatelli, ilg‘ash qiyinligi o‘rtacha darajada bo‘lgan qiruvchi hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, FC-31 ni Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqarilgan Amerikaning F-35 qiruvchi samolyoti bilan solishtirish mumkin.
FC-31 ning uzunligi 16,9 m, qanotlari kengligi - 11,5 m, maksimal uchish og‘irligi - 25 tonna, yuk og‘irligi - 8 tonna, harakatlanish radiusi - 1200 kilometrni tashkil etadi. Samolyot yuqori aniqlikdagi bombalar va turli maqsadlar uchun raketalar bilan qurollangan. OAV xabarlariga ko‘ra, FC-31 ning narxi taxminan 70 million dollarni tashkil qiladi.
LiveBarchasi