Pokiston Eron bilan chegarani yopdi (video)

Olam

image

Pokiston janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyatida qo‘shni Eron bilan chegaradagi barcha o‘tish joylari noma’lum muddatga yopildi. Bu haqda AFP axborot agentligi yuqori martabali mahalliy amaldorga tayanib xabar berdi.

“Barcha besh tuman – Chagay, Vashuk, Panjgur, Kech va Gvadardagi chegara o‘tish punktlari faoliyati to‘xtatildi”, degan Balujiston viloyatining yuqori martabali rasmiysi Qodir Baxsh Pirkoniy.

Avvalroq “Express Tribune” nashri Pokiston rasmiylarining Gvadar va Panjgur tumanlaridagi Eron bilan chegaradagi barcha o‘tish joylarini yopish qarori haqida xabar bergan edi. Gazetaning yozishicha, ham piyodalar, ham yoqilg‘i harakati to‘xtatilgan.

Ushbu chora-tadbirlar Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik avj olgan bir paytda, jamoat xavfsizligini ta’minlash va chegarada kutilmagan hodisalarning oldini olish maqsadida ko‘rildi. Pokiston rasmiylari ham fuqarolarni qo‘shni davlatga sayohat qilishdan tiyilishga va hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron jahon hamjamiyatidan Isroilning hujumlarini qoralashni so‘ragandi va BMT Nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga sodiq qolishini ta’kidlagandi. Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Isroilning harakatlari xalqaro huquq, xususan, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro inson huquqlari hamda BMT Nizomining ochiqdan-ochiq va qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanishini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Eron-Isroil Balujiston viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing