Pokiston Bosh vaziri Bishkekdagi voqealardan xavotirda

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda xorijlik fuqarolar bilan sodir bo‘lgan voqeadan xavotir bildirdi. 

“Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi pokistonlik talabalar bilan bog‘liq vaziyatdan chuqur tashvishdamiz. Men Pokiston elchisiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni buyurdim. Mening idoram ham elchixona bilan aloqada va vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boradi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 17 maydan 18 mayga o‘tar kechasi poytaxt Bishkekda mingdan ortiq odam ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Unga 13 maydagi mushtlashuv sabab bo‘lgan. O‘sha kuni kechqurun Budyonniy yotoqxonasida mahalliy va xorijlik fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Politsiya Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 280-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va janjalning barcha ishtirokchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. 

17 may kuni kechasi sodir bo‘lgan tartibsizliklardan so‘ng 29 kishi tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt nafar xorijlik, jumladan, uch nafar Misr fuqarosi qo‘lga olingan. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev miting ishtirokchilarining talablarini qo‘llab-quvvatlab, respublika qonunchiligini buzayotgan xorijliklarga nisbatan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan kerakli ishlar olib borilayotgani, asosan Pokiston va Bangladesh fuqarolari huquqbuzarlik sodir etayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Pokiston Bishkek Shahboz Sharif Miting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made