Pokiston Bosh vaziri ham Samarqandga keldi

Olam

image

Bugun, 15 sentyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi. 

Ma’lumotga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qayd etilishicha, Pokiston delegatsiyasi SHHT sammiti doirasida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq uchrashuvlarda qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin allaqachon Samarqandga yetib kelgan.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand ShHT sammiti Pokiston Bosh vaziri

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing