Pokiston Afg‘onistonga qarshi hujumlarni davom ettiradi – Mudofaa vaziri

Olam

image

Pokiston terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan yangi harbiy operatsiya doirasida Afg‘onistonga qarshi hujumlarni davom ettiradi. Bu haqda mvamlakat Mudofaa vaziri Xavaja Muxammad Asif BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Qobulga qarshi havo zarbalari Pokiston xavfsizlik kuchlari va tinch aholini nishonga olishda ayblagan guruhlarni yo‘q qilishga qaratilgan. Biroq, harbiylar qo‘shni mamlakatdagi tinch aholi vakillariga bitta ham o‘q uzmagan hamda hukumat tomonidan maksimal keskinlikdan tiyilishga chaqirilgan.

“Afg‘onistonda amaliyotlar o‘tkazganimiz to‘g‘ri va buni bundan keyin ham davom ettiramiz. Ularga tort va pishiriqlar bilan xizmat qilmaymiz. Agar hujum qilinsa, biz ham albatta javob qaytaramiz”, degan Mudofaa vaziri.

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati esa rasmiy Islomobodning zarbalarini o‘z suverenitetiga tahdid sifatida baholamoqda. Xavaja Muxammad Asif esa zarbalar qonuniyligiga hech qanday shubha yo‘qligini aytib, barcha xavotirlarni rad etgan. Shu bilan birga, Pokiston “Tolibon”ni yaqinlashib kelayotgan hujumlar haqida xabardor qilmasligini ma’lum qilgan.

“Nega biz ularga “tayyor bo‘linglar, biz kelyapmiz” deyishimiz kerak?” degan vazir.

O‘z navbatida, “Tolibon” bu bayonotni mas’uliyatsizlik deya atab, Pokistonni transchegaraviy hujumlar oqibatlaridan qattiq ogohlantirgan. 

Ma’lumot uchun, 2021 yilda “Tolibon” mamlakatni nazoratga olganidan beri Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida keskinlik kuchayib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvaoroq Pokiston havo kuchlari Afg‘onistonda joylashgan “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (“Pokiston Toliboni harakati”) guruhi jangarilarining boshpanalari va lagerlariga havodan zarbalar bergani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston Xavaja Muxammad Asif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing