Pogbaning ketishi MYUga ta’sir qilmaydi – “Sariq shahzoda”

Sport

image

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Pol Skoulz “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:5), jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani tanqid qildi. Fransiyalik futbolchi zahiradan o‘yinga qo‘shilganidan so‘ng, 14 daqiqa o‘tib, qizil kartochka ishlab oldi.

“Pogba tanaffusdan so‘ng, jamoaga yordam berish uchun maydonga tushdi va yarim himoyada qanchalik muhim futbolchi ekanini ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq, uning o‘rniga raqibga gol sovg‘a qilib yubordi. Birozdan so‘ng, oddiy vaziyatda kulgili tarzda maydondan chetlatildi. Qiziq: agar Sulsher jamoani boshqarishda davom etsa, Pogbani yana MYU libosida ko‘ramizmi? So‘nggi yillarda u jamoada tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Uning naqadar iqtidorli ekanligini hamma biladi, har bir murabbiy unga ishonadi. Atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, Pogba yangi shartnoma imzolamadi, lekin jamoadan yuqori maosh talab qilyapti. Bu Olening aybi emas. Menimcha, Pogba o‘ynamasa ham, “Manchester Yunayted” hech narsa yo‘qotmaydi. Polning qilgan ishi intizomning yetishmasligi hamda murabbiyi va jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik edi”.

Eslatib o‘tamiz, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Angliya Premer ligasining 9-tur uchrashuvida “Liverpul”ga yirik 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bahsda Nabi Keyta va Diogo Jota bittadan gol urgan bo‘lsa, Muhammad Saloh xet-trik qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Pol Skoulz Angliya premer ligasida 499 o‘yinda maydonga tushgan va 107 ta gol urib, 55 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Faoliyati davomida 11 marta APL va 2 marta UEFA chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Liverpul' Pogba Skoulz

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing