O‘zbekistonlik futbolchini “Liverpul” skautlari kuzatmoqda
Sport
−
02 may
23267“Bunyodkor” futbol klubi a’zosi Amirbek Saidov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda rossiyalik insayder Ivan Karpov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli hujumchi uchun ehtimoliy da’vogarlar qatorida Angliyaning “Liverpul” klubi ham bor. Rossiyaning “Krasnodar” va “Rostov” jamoalari Saidovning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Saidov 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi so‘nggi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida 5 o‘yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qayd etish joiz, hozirda Angliyada o‘zbekistonlik Muhammadali O‘rinboyev to‘p tepadi. U “Brentford” klubi a’zosi hisoblanadi. Rossiyada esa Abbosbek Fayzullayev, Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev kabi o‘zbek futbolchilari faoliyat olib boradi.
LiveBarchasi