Saloh “Liverpul”dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
Sport
−
30 aprel
3791“Liverpul” klubining misrlik hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda futbol jurnalisti Devid Ornshteyn o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Liverpul” Salohni yana kamida bir mavsum o‘z safida olib qolmoqchi. Hujumchining “mersisaydliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
Qayd etish joiz, Angliya chempionatining 35-turi doirasida “Liverpul”ning “Vest Xem”ga qarshi o‘yinida Saloh jamoaning amaldagi ustozi Yurgen Klopp bilan tortishib qoldi. Mazkur holatdan so‘ng OAV futbolchini “Liverpul”ni tark etishi haqida yoza boshladi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh 2017 yilda Italiyaning “Roma” klubidan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15