“Liverpul” yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
09 aprel
4788Angliyaning “Liverpul” klubi “Sporting” jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan 2027 yilgacha bo‘lgan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda germaniyalik jurnalist Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassisga ingliz klubidan tashqari “Bavariya” ham qiziqish bildirgan, ammo nemis klubi hali murabbiy bilan aloqaga chiqmagan. Qolaversa, Amorimning o‘zi “mersisaydliklar”ni boshqarishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Amorim 2021 yilning yanvar oyida “Sporting” murabbiyi etib tayinlangan va birinchi mavsumidayoq jamoani mamlakat chempioni qilgan. Bu yilgi mavsumda murabbiy qo‘l ostida lissabonliklar Portugaliya chempionatida 27 o‘yinda 71 ochko jamg‘argan xolda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida 9 mavsumdan buyon “Liverpul”ni boshqarayotgan Yurgen Klopp yozda jamoani tark yetishini ma’lum qilgandi.