Pogba isyon ko‘tardi. U Ronaldudan ko‘proq maosh olmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba klub bilan shartnomasini faqat bir shart bilangina yangilashga rozi bo‘ladi. Buning uchun “qizil iblislar” uni klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi kerak. Pogba Krishtianu Ronaldudan ko‘ra ko‘proq haq olishni istamoqda. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pogba “Manchester Yunayted”da haftasiga taxminan 585 ming yevro ishlab olmoqchi. Kelasi yilda yakunlanadigan shartnomaga ko‘ra, Pol 285 ming yevro maoshga ega.

Agar mankunianliklar rahbariyati va Pogba shartnomani uzaytirmasa, futbolchi 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida Pogba 9 o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL Ronaldu Pogba Man Yunayted Gleyzerlar Oilasi

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing