Pochettino “Yuve”ga o‘tishi shartlarini aytdi

Sport

image

Corrierro dello Sport xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis “Yuventus”ga o‘z shartlarini ma’lum qilgan. 

Pochettino turinliklar bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor, buning uchun unga yillik 20 million yevro maosh to‘lansa bas.

Ta’kidlash kerakki, “Tottenhem”ning grand jamoalar safida e’tirof etilishida Maurisio Pochettining xizmatlari beqiyos. 

Bunga birgina misol qilib, klubning Yevropa chempionlar ligasidagi natijalarini e’tirof etish mumkin. “Tottenhem” o‘z tarixida ilk bor Yevropaning eng nufuzli turniri finalida o‘ynaydi. 

Joriy yil 1 iyun kunda o‘tadigan finalda klub Madridda, “Vanda Metropolitano” stadionida  “Liverpul”ga qarshi o‘ynaydi. 

“Shporlar” va “Liverpul” Angliya chempionatida ushbu mavsum ikki bor to‘qnash kelgan va har ikki o‘yinda ham mersisaydliklarning qo‘li baland kelgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tottenhem Yuventus Pochettino

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing