Plantning jag‘i baquvvat deb umid qilaman – Kanelo

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares (56-1-2, 38 KO) IBF oltin kamari sohibi Kaleb Plantga (21-0, 12 KO) qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umid qilamanki, Plantning jag‘i baquvvat, chunki bu uning uchun juda muhim. Men doimo jangga tayyorman va ortiq kuta olmayman. O‘zimni tezroq va kuchliroq his qilyapman. Kaleb mahoratli bokschi ekaniga shubham yo‘q. U yaxshi harakat qiladi va ajoyib zarbaga ega. Lekin bu men uchun yangilik emas. Nima qilish kerakligini yaxshi bilaman. Dastlabki raundlarda sabr-toqatli bo‘lishim kerak, keyin esa o‘z ishimni bajarishni boshlayman”, deydi Kanelo.

Eslatib o‘tamiz, Kanelo so‘nggi bor joriy yilning 8 may kuni britaniyalik Billi Jo Sondersni nokautga uchratib, WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Kaleb Plant esa joriy yil 31 yanvar kuni 3-marta o‘zining IBF kamarini himoya qilgan va amerikalik Kaleb Trueksni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.

Ma’lumot uchun, mutlaq chempionlik jangi joriy yilning 6 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Prof boks Kanelo Kaleb Plant The Ring

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing