Piyodani urib, voqea joyidan qochgan Cobalt haydovchisi ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 5 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, “Nasaf” ko‘chasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt avtomobili hamda uning boshqaruvidagi shaxs topildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur yo‘l transport rodisasi yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo viloyati

Baholaganlar

705

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing