Piskentda suv ta’minoti rahbari 3 mlrd so‘mlik quvurlarni talon-toroj qildi
3-sahifa
−
27 aprel 3889 2 daqiqa
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJning Piskent tumani filiali rahbari boshqa shaxslar bilan til biriktirib, 3 mlrd so‘mlik quvurlarni talon-toroj qildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mas’ul tashkilot xodimlari Piskent tumani “Guliston” MFY hududida joylashgan “Sag‘anak” suv inshootini Piskent tuman suv ta’minoti filiali balansiga o‘tkazish ob’ektida bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmi nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgan.
O‘rganishlar davomida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJning Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A” AJ mansabdor shaxslari va boshqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln so‘mlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln so‘mlik qismi, ya’ni jami 14 800 metrini qazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilgan holatlar yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJning Piskent tumani filiali rahbari B.K., ”A” AJning mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi