Pishiqchilik mavsumida bozorlardagi narx-navo qanday?

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 iyul holatiga ko‘ra, hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 49 ming 500 co‘mdan 77 ming so‘mgacha sotilmoqda. 1 kg qo‘y go‘shtiнинг narxi esa 55 mingdan boshlanib, 90 minggacha chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Statqo‘mga ko‘ra, 1 kg пиёз 2 mingdan 8,5 ming so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, kartoshka 2 mingdan 6 ming so‘mgacha baholangan.

Sabzi ming so‘mdan 6 ming so‘mgacha, guruch esa 5 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha aholiga sotilgan. 10 dona тухумнинг narxi 7 mingdan 15 ming so‘mgacha yetgan.

Bozorlarda 1 litr o‘simlik ёғини o‘rtacha 15,6 so‘mdan 30 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg shakar narxi esa 11 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha yetgan.

Darhaqiqat, Nukus shahridagi dehqon bozorida mol go‘shti 45 ming so‘mdan sotilmoqda.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

bozor narx-navo

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing