Pishiqchilik mavsumida bozorlardagi narx-navo qanday?
Jamiyat
−
30 Sentabr 2021 6064 1 daqiqa
O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 13 600 – 24 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.
Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
2021 yil 29 sentyabr holatiga ko‘ra:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m
• Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m
• Kartoshka (1 kg) — 2500 – 6000 so‘m
• Piyoz (1 kg) — 1000 – 3000 so‘m
• Sabzi (1 kg) — 2000 – 9000 so‘m
• Tuxum (10 dona) — 6000 – 14000 so‘m
• Guruch (1 kg) — 5000 – 17 500 so‘m
• O‘simlik yog‘i (1 l) — 13600 – 24000 so‘m
• Shakar (1 kg) — 7500 – 9000 so‘m
Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.