Piolidan keyin “Milan”ga kim ustozlik qiladi?

Sport

image

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli yozda jamoani tark etish ehtimoli yuqori. “Rossonerilar” rahbariyati allaqachon italiyalik mutaxassisning o‘rniga nomzod qidirishni boshlagan. Bu haqda “Calciomercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Milan” rahbarlari “Bolonya” ustozi Taigo Mottani taklif qilmoqchi. “Rossonerilar” rahbariyati bir necha oylardan buyon murabbiyning ishini kuzatib, uning yosh futbolchilarni tarbiyalash qobiliyatini, shuningdek, hujumkor futbol uslubini yuqori baholagan.

Shu bilan birga, klub maslahatchisi Zlatan Ibragimovich “Inter”, “Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, “Tottenxem”dan ketganidan keyin 2023 yilning martidan beri ishsiz yurgan Antonio Kontega e’tibor qaratmoqda.

“Milan” Italiya chempionatida 25 turdan keyin 3-o‘rinda bormoqda. Pioli shogirdlari hisobida 52 ochko bor.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Stefano Pioli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing