Pink Floyd yetakchisining gitarasi rekorda narxda sotildi

Madaniyat-san’at

image

Pink Floyd guruhi yetakchisi Devid Gilmorning gitarasi 14,55 million dollarga sotildi. Bu orqali esa u auksionlarda sotilgan dunyodagi eng qimmat gitara bo‘ldi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Savdo joriy yilning 12 mart kuni Christie’s auksion uyi tomonidan onlayn formatda o‘tkazilgan. Kimoshdi savdosi 21 daqiqa davom etgan. Christie’s ma’lumotlariga ko‘ra, Gilmor qora rangdagi Fender Stratocaster’ni 1970 yilda Manxetten markazidagi Manny’s Music do‘konidan sotib olgan. Uning korpusi tirnalgan, bo‘yoqlari esa ko‘chgan.

Gitara Pink Floyd’ning oltita albomini yozishda, shuningdek, 1972 yildan 1983 yilgacha bo‘lgan ko‘plab chiqishlarda ishlatilgan. Uni “The Dark Side of the Moon” (1973), “Wish You Were Here” (1975), “Animals” (1977), “The Wall” (1979), “The Final Cut” (1983) va “The Endless River” (2014) albomlarida eshitish mumkin.

Ilgari ushbu gitara o‘tgan yili vafot etgan milliarder Jim Irsi kolleksiyasida edi. Irsi cholg‘u asbobini 2019 yilda 5 million dollardan biroz qimmatroqqa sotib olgan.

NYT yozishicha, bunga qadar auksionda sotilgan eng qimmat gitara Nirvana guruhi asoschisi Kurt Kobeynga tegishli Martin D-18Ye hisoblanar edi. U 2020 yilda 6,01 million dollarga sotib olingan. Kobeyn ushbu gitarada o‘limidan bir necha oy oldin MTV Unplugged ko‘rsatuvida chiqqanida chalgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uyg‘onish davri rassomi va haykaltaroshi Mikelanjelo Buonarrotining (1475-1564) kartinasi Christie’s kimoshdi savdosida 27,2 million dollarga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion Devid Gilmor Pink Floyd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing