Mikelanjeloning kartinasi qariyb 30 mln dollarga sotildi

Olam

image

Uyg‘onish davri rassomi va haykaltaroshi Mikelanjelo Buonarrotining (1475-1564) kartinasi “Christie’s” kimoshdi savdosida 27,2 million dollarga sotildi. Bu haqda savdo uyi matbuot xizmati xabar berdi.

“Christie’s” auksion uyi mutaxassislari Liviya cho‘lida joylashgan Siva vohasidagi Zevs-Ammon orakuli bilan bog‘liq qadimgi payg‘ambarlik ruhoniysi Sibillaning o‘ng oyog‘i tasvirlangan, ilgari noma’lum bo‘lgan qizil bo‘r eskizini aniqlagan. Ayolning yuz qiyofasini esa Vatikandagi Sikstin ibodatxonasining freskalarida ko‘rish mumkin.

Lotning boshlang‘ich narxi 2 million dollarni tashkil etgan. Auksion 45 daqiqadan ko‘proq davom etgan va lot noma’lum xaridor tomonidan 27,2 million dollarga sotib olinishi bilan yakunlangan.

Italiyalik haykaltarosh, rassom, me’mor va shoir Mikelanjelo G‘arb san’atining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning eng mashhur asarlari qatoriga 300 dan ortiq figuralarni o‘z ichiga olgan Sikstin kapellasining shiftini (1508-1512), Dovudning florensiyalik haykali va Vatikandagi Avliyo Pyotr bazilikasida saqlanadigan “Peta” (Masihning motamlari) haykaltaroshlik kompozitsiyasi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maradonaning yirtilgan formasi rekord narxda sotilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Auktsion kartina Mikelanjelo sotildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing