Pingvinlardan tortib II jahon urushigacha – 25 aprel kuni dunyoda qanday bayramlar nishonlanadi?

Bu qiziq

image

Yilning har bir kunida qaysidir davlatda qandaydir bayram nishonlanadi. Ular ichida milliy, tarixiy va noana’naviy bayramlar ham bor. Bugun, 25 aprel kuni Yer sayyorasida nimalar nishonlanadi?

Ushbu kun Butunjahon bezgak kasalligiga qarshi kurash sifatida nishonlanadi. Bu sana bezgakni samarali nazorat qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni ilgari surishga bag‘ishlangan. Ushbu kasallik Plasmodium deb nomlangan parazitdan kelib chiqadi. U infeksiyalangan chivin chaqishi orqali yuqadi. Parazitlar jigarda ko‘payib, keyin qizil qon tanachalarini zararlaydi.

Har yili 25 aprelda DNKning xalqaro kuni dunyoning turli mamlakatlarida genetika sohasidagi ilmiy yutuqlarning ahamiyati e’tirof etilgan holda nishonlanadi. Ushbu sana 1953 yil 25 aprelda “Nature” jurnalida olimlar Jeyms Vatson, Frensis Krik, Mauris Uilkins va Rozalind Franklin DNK molekulasining tuzilishini o‘rganish natijalarini nashr etganligi sababli tanlangan.

25 aprelda, shuningdek, dunyo bo‘ylab veterinariya ishlarining turli qirralarini yoritish maqsadida 2000 yilda Butunjahon veterinariya assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro veterinariya kuni nishonlanadi.

Bundan tashqari, bu kunda Butunjahon pingvinlar kuni nishonlanadi. Ushbu sana odamlarni sayyoramizdagi hayvonlar xilma-xilligini saqlash zaruriyati to‘g‘risida eslashga chaqiradi. Aytgancha, aynan mana shu kun pingvinlar tuxumlarni bosish uchun ko‘chib o‘tish davriga to‘g‘ri keladi.

25 aprel Italiyada Ikkinchi Jahon urushi davrida fashizm va nemis istilosidan ozod qilingan kun. 1945 yilning aynan shu kunida diktator Benito Mussolini Milandan qochib ketdi va mamlakatda yangi - qurolli qarshilik va demokratiya uchun kurash davri boshlandi.

Avstraliya, Yangi Zelandiya, Nauru, Solomon orollari, Tonga va G‘arbiy Samoada milliy bayram - ANZAK kuni (Avstraliya - Yangi Zelandiya armiya korpusi kuni) nishonlanadi. Bu kunda ular Birinchi va Ikkinchi Jahon Urushlarida va harbiy mojarolarda halok bo‘lgan fuqarolarini eslashadi.

Desertiga...

25 aprel kuni butun dunyoda noana’naviy tarzda Qizlar kuni nishonlanadi. Bu bayram orqali jamiyatning e’tiborini o‘smir qizlarning muammolariga, shuningdek, psixologik va yuridik yordam orqali ijtimoiylashuv jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligiga qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

bayram

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing