Pike Shakiradan bolalari evaziga katta pul talab qilmoqda

Sport

image

“Barselona” futbolchisi Jerar Pike kolumbiyalik xonanda Shakira bilan ajrashgandan keyin ham bolalarining kelajagini muhokama qilishda davom etmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qo‘shiqchi Pike bilan munosabatlari tugaganidan keyin Mayamiga ko‘chib o‘tdi va ikki nafar farzandi o‘zi bilan yashashini xohlaydi. Avvalroq, “Barselona” himoyachisi farzandlarining kolumbiyalik yulduz bilan yashashiga qarshi bo‘lgan. Ammo hozirga kelib, Jerar fikrini o‘zgartirgan va farzandlarini onasi bilan qoldirishga rozi. 

Qayd etish kerakki, Pike xonandaga ikkita majburiy shart qo‘ydi. Birinchidan, Shakira 34 yoshli futbolchiga Mayamiga farzandlarini ko‘rgani kelishi uchun yiliga 5 ta samolyot reysiga chipta olib berishi kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, Jerar qo‘shiqchidan qarzlarini qoplash uchun 400 ming yevro so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda, biroq juftlik rasman turmush qurmagan. Ularning ikki nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Jerar Pike Shakira “Marca”

Baholaganlar

870

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing