“Barselona” hozir ham “Real”dan kuchliroq – Pike

Sport

image

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike yangi mavsum oldidan “Barselona” “Real Madrid”dan ko‘ra kuchliroq ekanligini aytdi. Bu haqda Pike “Sport.es” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Barselona” hozir ham “Real Madrid”dan ustun. So‘nggi ikki chempionlik jamoaga katta ishonch va g‘oliblik ruhini olib keldi. Shuning uchun ular yangi mavsumni asosiy favorit sifatida boshlaydi. Ammo bu ustunlikni maydonda yana bir bor isbotlash kerak.
Futbolchilar va jamoa hozirgi tizimga to‘liq moslashib bo‘lgan. Eng muhim omil – barqarorlik. Hansi Flik jamoa bilan uch yildan buyon ishlayapti, futbolchilar esa uning o‘yin uslubi va ishlash tartibini to‘liq o‘zlashtirishgan. Bu esa “Barselona”ga qo‘shimcha ustunlik beradi”, deydi Pike.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Jerar Pike “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq u yoshlar jamoasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Manchester Yunayted”ga yo‘l olgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, kataloniyaliklar safiga qaytgan himoyachi klub uchun jami 616 ta uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” jamoasi Bernaldu Silva, Mark Kukurelya, Denzel Dyumfrisdan keyin “RB Leypsig” klubi yarim himoyachisi Yan Diomandeni transfer qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing