“Barselona” qişda “Arsenal” himoyaçisini transfer qilmoqçi – OAV

Sport

−

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Arsenal” klubi himoyaçisi Pero Inkape bilan yanvar oyidagi transfer böyiça dastlabki aloqalarni örnatdi. Bu haqda “Diario Sport” naşri xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, 24 yoşli futbolçi kataloniyaliklarning markaziy himoya çiziğini kuçaytiriş borasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. U sport direktori Dekuning transfer röyxatida yuqori örinda turibdi.

Inkape joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida törtta uçraşuvda maydonga tuşib, örtaça 11 daqiqadan harakat qilgan. Uning markaziy himoyada ham, çap qanotda ham öynay olişi “Barselona” uçun muhim omil hisoblanadi.

Kataloniyaliklar boş murabbiyi Xansi Flik ekvadorlik futbolçining öyinini yuqori baholaydi. Deku ham, Flik ham Inkape haqida ijobiy fikr bildirgan.

Ma’lumotlarga köra, Deku futbolçining vakillari bilan dastlabki muloqot ötkazib, uning “Barselona”ga ötişga tayyorligini örgangan va yanvar oyidagi ehtimoliy kelişuvni muhokama qilgan.

Biroq “Arsenal” boş murabbiyi Mikel Arteta Inkapeni asosiy tarkibning doimiy futbolçisi sifatida körmayotgani aytilmoqda. Şunga qaramay, u yanvar oyida jamoa futbolçilari bilan xayrlaşişni istamayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” markaziy himoya çiziğini kuçaytiriş uçun Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov variantini ham körib çiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing