“Barselona” Husanovni sotib olishni rejalashtirmoqda – OAV

Sport

−

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “FullTime Report” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 2027 yilning yanvar oyida transferni amalga oshirish uchun rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, “Barselona” o‘tgan yozda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan edi. Biroq klub ushbu pozitsiyaga yangi futbolchi jalb qila olmadi. Shu bois kataloniyaliklar qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ayni paytda “Manchester Siti” moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Agar “Barselona” Husanov uchun manchesterliklarni qanoatlantiradigan taklif bilan chiqsa, Angliya klubi futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Hozircha transfer bo‘yicha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv borligi haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 596 daqiqa harakat qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing